Boshqaruv servis kompaniyasi foydasiga 21.800 AQSH dollari undirildi

    Qarzdor korxonaga ixtiyoriy muddatda katta miqdordagi qarzdorlikni bartaraf etishi haqida ogohlantirilgan.

    Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman boʻlimi ish yurituviga Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudning ijro varaqasiga asosan, qarzdor “M. D.” xususiy korxonasidan undiruvchi “YASHIL MAKON STANDART” Boshqaruv servis kompaniyasi foydasiga 259 mln 855 ming soʻm qarz undirish toʻgʻrisidagi ijro ishi mavjud boʻlib, qonun talabi asosida qarzdor korxonaga ixtiyoriy muddatda katta miqdordagi qarzdorlikni bartaraf etishi haqida ogohlantirilgan.

    Biroq qarzdor boshqaruv servis kompaniyasi foydasiga qarzdorlikni toʻlanmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor korxona rahbariga nisbatan BHMning 15 baravari miqdorida mamuriy jarima qoʻllanilgan.

    Bundan tashqari, ijro harakatlari davomida, Chilonzor tumani, 10 mavzeda qarzdorning joylashgan manziliga undiruv uchun chiqilganda, qarzdorga tegishli mol-mulklarni xatlash jarayonida, xolislar ishtirokida 21 ming 800 AQSH dollari xatlanib olindi.

    Soʻngra, ushbu xatlangan 21.800 AKSH dollari belgilangan tartibda bank orqali undiruvchining hisob raqamiga oʻtkazib berilib, ijro hujjati amalda tamomlanadi.