Deputatlarimiz maktablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xamda tibbiyot birlashmalarida boʻlib, nogironligi bor shaxslarga yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammo va kamchilliklarni koʻzdan kechirishdi.

Shuningdek, hududdagi yangi qurilayotgan obyektlarda nogironlarga sharoit yaratishda shaharsozlik meʼyorlariga qanchalik amal qilinayotgani ustidan deputatlik nazorati olib borildi.

Aniqlangan baʼzi muammo va kamchilliklar yuzasidan masʼullar bilan bogʻlanib, ijobiy hal etish borasida kelishib olishdi.