5-sentyabrda tumanda sayohat madaniyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan, dam olish maskanlariga olib boruvchi yoʻllar, oʻrmon xoʻjaliklari hududlari, suv omborlari va atrof-muhitning ifloslanishi oldini olish maqsadida ekologik aksiyaga start berilgan edi.

Ushbu aksiya doirasida 26-27-sentyabr kunlari Chimyon qishlogʻi hududida obodonlashtirish ishlari boʻlib oʻtdi. Ekotadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi vakillari faol ishtirok etishdi. Aksiya ishtirokchilari togʻ yonbagʻirlarini tozalab, turli oʻsimlik va koʻchatlar ekishdi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.