Qayd etilishicha, 4-5-mart kunlari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosport boʻyicha sport ustasi “V.Iskandarov“ xotirasiga bagʻishlangan Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha musobaqa oʻtkaziladi.
Shu munosabat bilan bugun soat 10-00 dan 14-00 ga qadar D012 “Bektemir-Chirchiq-Gʻazalkent-Chorbogʻ“ avtomobil yoʻlining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina“)dan boshlab 54 kilometrlari (Oqsoqota mfy “Fayz“ kafesi) oraligʻida, ertaga kuni soat 10-00 dan 14-00 ga qadar D012 “Bektemir-Chirchiq-Gʻazalkent-Chorbogʻ“ avtomobil yoʻlining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina“)dan boshlab 66 kilometrlari (Gʻalabasoy aholi yashash joyiga burilish “IBR“ AYOQSH) oraligʻida transport vositalari harakati cheklanadi.
Boʻstonliq tumaniga boruvchi fuqarolar Chirchiq shahri yoxud Qoramanas, Qoʻshqoʻrgʻon mahallalari orqali harakatlanishlari mumkin, — deyiladi xabarda.








