10 ming dona koʻchat ekish reja qilingan yer maydoni geografik joylashuvi, iqlimi, tuproq unumdorligi oʻrmon xoʻjaligi ilmiy xodimlari tomonidan oʻrganildi. Mutaxassislar tavsiyasiga koʻra, ushbu togʻ oldi lalmi yerga bodom koʻchati tanlandi. Bugungi hashar ishlarida 2 ming tup koʻchat ekildi.

Endi bu koʻchatlarni parvarish qilish uchun hududga yaqin joylashgan mahallalardagi ishsiz fuqarolar Jamoatchilik jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadigan mavsumiy ishga olinadi. “Ona Vatanni bogʻu boʻstonga aylantiramiz!» shiori ostida tashkil etilgan koʻchat ekish tadbirida vazirlik jamoasi, tasarrufiy va hududiy tuzilmalar xodimlari, Boʻstonliq tumani mahallalari faollari va hokim yordamchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar jadal davom etadi.

Maʼlumot uchun, 2023-yil 20-noyabr holatiga loyiha doirasida hududlarda  57 757 ming dona koʻchat ekilgan boʻlib, shundan mahallalarda 985 ming koʻchatlar oʻtqazilgan.