Xabaringiz bor, Respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta koʻchatlarini ekish hamda yashil maydonlarni koʻpaytirish ishlari davom etyapti.
2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida koʻkalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt, va buta koʻchatlarini ekilishi va ekilgan koʻchat va qalamchalarini Oʻzagroinspeksiyaning Boʻstonliq tuman boʻlimi, tuman moliya boʻlimi hamda tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimlari bilan hamkorlikda dalolatnomalar asosida qabul qilib olish ishlari jadal olib borilyapti.
Loyiha asosida eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Boʻstonliq tumanida Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligi boʻlimi xodimlari namuna koʻrsatyapti.
Xalqimizda, “Yaxshidan bogʻ qoladi” degan naql bejizga aytilmagan. Bugun biz ekkan nihollar, kelajakda unib-oʻsib Boʻstonliq tuman hududiga koʻrk bagʻishlashi bilan bir qatorda, atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga, hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni taʼminlashga koʻmak berishi bilan ahamiyatlidir.
SʼH.Usubaliyev,
“Oʻzagroinspeksiya”ning
Toshkent viloyati boshqarmasi
bosh inspektori,
B.Risqiboyev
“Oʻzagroinspeksiya”ning
Boʻstonliq tuman boʻlimi
katta inspektori.