Boʻstonliqqa boruvchi yoʻlning bir qismi vaqtincha yopiladi

    Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻlida velosport-shosse turi boʻyicha chempionat oʻtkaziladi.

    Sportning velosport-shosse turi boʻyicha kattalar ( erkaklar va ayollar) oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 25-26-iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 “Bektemir-Chorbogʻ q.” avtomobil yoʻlining 34 va 54 kilometrlari oraligʻida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, Gʻazalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

    Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqorolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.