Mehnat faoliyatini 1998-yilda “OʻzElektroterm” aksionerlik jamiyati mutaxassisi vazifasidan boshlagan. 2000—2017-yillar davomida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari boʻyicha Namangan viloyat boshqarmasi, Namangan viloyat koʻchmas mulk birjasi, Oʻzagrosugʻurta DASK Namangan shahar boʻlimi, Namangan shahar hokimligida masʼul lavozimlarda ishlagan.
U 2017-yildan buyon Yaponiya davlati HOPEAS savdo kompaniyasi menedjeri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Nuriddinov Botir Qodirxanovich viloyat hokimining 2020-yil 20-oktyabrdagi qarori bilan Namangan viloyati hokimining turizm va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Maʼlumot uchun, hokimning turizm va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozim va maqom jihatidan hokim oʻrinbosari darajasiga tenglashtiriladi.