Boyovutda uch egizak — bir oʻgʻil, ikki qiz tugʻildi

    Ijtimoiy hayot 6 Yanvar 2022 3692

    Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Anorzor mahallasida yashovchi Shuhrat Toshpoʻlatov oilasida uch egizak dunyoga keldi. Egizaklar Sirdaryo viloyati perinatal markazida 5-yanvar kuni dunyoga kelgan.

    Hozirda onaning ham, bir oʻgʻil va ikki qizning ham ahvoli yaxshi.

    Egizaklarning onasi — Maftuna Toshpoʻlatovani qutlash uchun uning yaqin qarindoshlari qatori tuman hokimining oʻrinbosarlari va tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirasi perinital markazga tashrif buyurdi hamda sovgʻa-salomlar topshirdi.

    Egizaklarga Madinaxon, Muhammadziyo va Muslimaxon deb ism qoʻyildi, deya xabar beradi Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati.