Tugʻuruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida mahoratli shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarildi.
Egizaklarning 2 nafari oʻgʻil va 2 nafari qiz boʻlib, ayni paytda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida. Oilaga bir olam quvonch olib kelgan goʻdaklar belgilangan standartlar asosida parvarishlanmoqda.
Baxtiyor otaning aytishicha, ularning avlodida qoʻsh farzandlar tugʻilishi koʻp kuzatilgan, ammo 4 egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.