Qarshida bir oilada toʻrt egizak qizaloq dunyoga keldi

    Kitoblik oilada bir yoʻla toʻrt nafar qizaloq tugʻildi. Ular muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga kelgan boʻlib, hozirda shifokorlar nazoratida parvarishlanmoqda.

    Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova avvaldan 5 nafar qiz farzandni tarbiyalab kelayotgan edi. Yaqinda bu oila yana toʻrt qizaloq bilan toʻldi — natijada xonadon 9 qizli boʻldi.

    Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida kesarcha kesish yoʻli bilan dunyoga kelgan.

    Qizaloqlar maʼlumotlari quyidagicha:

    • Birinchisi — 1 400 gramm, 37 sm
    • Ikkinchisi — 1 450 gramm, 38 sm
    • Uchinchisi — 1 600 gramm, 40 sm
    • Toʻrtinchisi — 1 400 gramm, 37 sm

    Ayni paytda chaqaloqlar filialda xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarishlanmoqda. Shifokorlar ularning ahvoli barqarorligini maʼlum qilgan.