Kelgusida Boysun va Sariosiyo tumanlarida kichik turizm zonalarini barpo etish orqali “Kichik Shveytsariya”ga, Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy majmuasi atrofini “O'rta asrlar shaharchasi”ga, “Fayoztepa” va “Qoratepa” yodgorliklariga olib boruvchi hududni “Yapon shaharchasi”ga aylantirish ko'zda tutilgan.
Shuningdek, Termiz shahridagi “Bobur” bog'ini viloyatning “Yoshlar turizm markazi” sifatida rivojlantirish, “Baxt” bog'i hududining 5,5 gektar er maydonida “Yapon bog'i” va “Kato Kyudzo” memorial muzeyini barpo etish rejalashtirilgan.