Tumanda yaqin yillardan buyon meva pishiqchiligida oʻtkazish ajoyib anʼanaga aylangan festival dasturidan olma sayli, turistik manzillarga info-tur, savdo koʻrgazmalari tashkil etish, mashhur Omonxona shifobaxsh suvi joylashgan hududda turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimini oʻtkazish moʻljallanmoqda.
Festivalga uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar togʻlar qoʻynida yetishtirilgan sarxil olma va boshqa mevalarni tatib koʻrib, ularning inson organizmiga foydasi haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻladi.
Sohibkorlar oʻrtasida tashkil etilgan olma yetishtirishda “Eng faol mahalla”, “Eng faol tashkilot”, “Eng shirin olma bogʻi yaratuvchisi” kabi tanlovlar gʻoliblari aniqlanib, diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Folklor jamoalari va estrada xonandalarining qiziqarli konsert dasturi namoyish etiladi.
Eslatib oʻtamiz, qadimdan “Boysun” navli olma shirin taʼmi va sersuvligi bilan xaridorgir boʻlgan.