Boysun va Ishtixon tumanlarida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi

    Zamonaviy tipdagi issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 mlrd soʻm kredit mablagʻi evaziga issiqxona tashkil etmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzi norasmi boshqarib kelgan “S.B.” va boshqa MCHJlarga oʻtkazib, talon-toroj qilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.G.” MCHJ rahbari B.M. hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy tipdagi issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 mlrd soʻm kredit mablagʻi evaziga issiqxona tashkil etmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzi norasmi boshqarib kelgan “S.B.” va boshqa MCHJlarga oʻtkazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

    Shu kabi, Departamentning Ishtixon tuman boʻlimi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Kattaqoʻrgʻon filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.S.” oilavi korxonasi rahbari Gʻ.U. va boshqalar sport anjomlari va jihozlarini sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 220 mln soʻm imtiyozli kreditni “S.B.” MCHJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olib, ushbu mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.