Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida jam boʻlishdi.
Unda yurtimizning barcha goʻshalaridan bir nafardan yosh ijodkorlar qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyon etdi. Yoshlar oyligi doirasida “Boʻzatov ilhomlari” nomli kitob nashr etildi. Undan festival ishtirokchilari hamda 9 ta ijod maktabi oʻquvchilarining Boʻzatovga, Ona Vatanga muhabbat mavzusidagi yangi sheʼrlari oʻrin olgan.
Yana bir sheʼriy guldasta esa sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
Zulayho Ahmadjonova,
jurnalist