Quyida 6-sentyabr holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Mahalliy un (birinchi navli) — Fargʻona, Andijon va Namangan 5 500-6 000 soʻm; Toshkent shahrida 6 500 soʻm.

Qolipli non — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijon viloyatida 1 500 soʻm; Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatida 1 500-2 000 ming soʻm.

Makaron — Namangan, Fargʻona Andijon viloyatlarida 7 000-9 000 soʻm; Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 4 000-6 000 ming soʻm.

Shakar — Andijon va Fargʻona viloyatlarida 8 500 soʻm; Namangan viloyatida 9 000 soʻm; Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida 8000 ming soʻm.

Oʻsimlik yogʻi — Namangan, Andijon, Fargʻona viloyatlarida 17 000-20 000 soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 21 000-27 000 ming soʻm.

Xoʻjalik sovuni — Surxondaryo viloyatida 2 500-3 000 soʻm; Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlarida 2 000-3 000 soʻm; Toshkent shahrida 3 500-4 000 soʻm.

Tuxum — Andijon viloyatida 500-800 soʻm; Fargʻona, Namangan viloyatlarida 800-1 000 soʻm; Toshkent shahrida 1 100 soʻm.

Mol goʻshti — Qashqadaryo viloyatida 55 000-65 000 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 65 000-80 000 ming soʻm.

Qoʻy goʻshti — oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 46 000-70 000 soʻm.

Tovuq goʻshti — Andijon viloyatida 15 000 soʻm; Toshkent shahrida 24 000 soʻm.

Guruch — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 9 000-12 000 soʻm; Toshkent shahrida 10 000-14 500 soʻm.

Kartoshka — Surxondaryo viloyatida 3 500-4 000 soʻm; Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 2 000-4 000 soʻm; Toshkent shahrida 4 500-5 000 soʻm.

Piyoz — Surxondaryo viloyatida 1 200-2 000 soʻm; Fargʻona, Namangan viloyatlarida 800-2 000 soʻm; Andijon viloyatida 1 500 soʻm; Toshkent shahrida 1 200-2 500 soʻm.

Sabzi — Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 5 000-10 000 soʻm, Toshkent shahrida 8 000-10 000 soʻm ekani aniqlandi, deyiladi federatsiya matbuot xizmati xabarida.