Brakonyer tabiatga 33 450 000 soʻmlik zarar yetkazdi

    Yashil sayyora 16 Noyabr 2020 2941

    Navoiy viloyati Uchquduq tumani Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.

    Tungi reyd tadbirida Uchquduq tuman «Altintau» OFY Turbay hududidan Uchquduq tuman fuqarosi J.R oʻz boshqaruvidagi mototsikl yordamida 1 (bir) dona Oʻzbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan kiyik ovlab kelayotgan vaqtida toʻxtatildi.

    Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan 33 450 000 soʻm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 94-moddaning 1-qismi bilan maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi va tuman Maʼmuriy sudiga oʻtkazish uchun tayyorlanmoqda.

    Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Axborot xizmati