Qitʼaning yana bir kuchli jamoasi Argentina ham mehmonda oʻynab Kolumbiyani yenga olmadi. Oʻyin argentinaliklar uchun omadli boshlandi. Bahsning sakkizinchi daqiqasida ular Romero va Paredesning gollari tufayli 0:2 hisobida oldinga chiqib olgan edi. Ammo 51 daqiqada Muriel 11 metrlik jarimadan hisobni 1:2 koʻrinishga keltirdi. Hakam qoʻshib bergan vaqtda (90+4) Borxa durang qayd etdi.

Oʻsha kuni Venesuela Urugvay bilan 0:0, Chili Boliviya bilan 1:1 oʻynadi. Peru mehmonda Ekvadorni 1:2 hisobida yengdi.

Oltinchi turdan soʻng yuz foiz natijaga erishgan Braziliya birinchi oʻrinda bormoqda. Chempionatga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkonini beradigan keyingi uch oʻringa Argentina, Ekvador, Uragvay daʼvogarlik qilib turibdi.