Mutaxassislarning fikriga ko'ra, Pampaphoneus biccai deb nomlangan mazkur hayvon yirik sudraluvchilarga qaraganda ancha xavfli bo'lgan. Bosh suyagining o'lchamiga ko'ra, yirtqichning uzunligi kamida 3 metr, vazni esa 400 kilogrammga yetgan, deb xabar beradi techcult.ru.
Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, Pampaphoneus biccai sayyoramizda yashagan barcha turlarning kamida 86 foizi qirilib ketgan davrdan oldin yashagan. Mazkur topilma o'sha davr ekotizimi haqida tasavvur hosil bo'lishida muhim ahamiyatga ega.