Braziliyada samolyotning portlashi oqibatida uchuvchi halok bo'ldi, yetti kishi jarohatlandi

    Braziliyaning Ubatuba shahridagi Gastan-Madeyra aeroportida Cessna Aircraft biznes-jeti uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketdi, shundan keyin shahar sohilida portladi.

    Bu haqda SHOT Telegram-kanali xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa oqibatida yetti kishi, jumladan, sohilda dam olayotganlar ham jabrlangan. Samolyot uchuvchisini qutqarishning imkoni bo'lmadi.

    Qayd etilishicha, bortda besh kishi bo'lgan. Voqea guvohlari aksariyati bolalar bo'lgan yo'lovchilarni qutqarib qolishga muvaffaq bo'ldi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, samolyot halokatiga yomon ob-havo sharoiti va yomg'irdan keyin ho'l bo'lgan uchish-qo'nish yo'lagi sabab bo'lgan, deb xabar beradi report.az.