Fojia mahalliy vaqt bilan 14:00 atrofida sodir bo'ldi. Falokat vaqtida samolyot qo'nish uchun Amazonas shtati ma'muriy markazi Manausdan 400 kilometr uzoqlikdagi aerodromga hududida bo'lgan. Ma'lum qilinishicha, shu vaqtda kuchli yomg'ir yoqqan.
Samolyot bortida 12 nafar sayyoh va ikki nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Ularning barchasi halok bo'ldi. Qurbonlar orasida xorijliklar bor-yo'qligi haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Shtat fuqarolik mudofaasi departamenti halokat joyiga jo'natish uchun guruh tayyorlamoqda, deb xabar beradi mir24.tv.