Braziliyada suv orqali yuqadigan bakterial kasallik tufayli birinchi o‘lim holatlari qayd etildi

    Qayd etilishicha, bakterial kasallik Braziliyaning janubiy qismida suv toshqinidan so‘ng tarqala boshlagan.

    Assosiated Press (AP) agentligi suv orqali yuqadigan bakterial kasallik tufayli birinchi ikkita o‘lim haqida xabar beradi. Qayd etilishicha, bakterial kassallik Braziliyaning janubiy qismida suv toshqinidan so‘ng sodir bo‘la boshlagan. Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari qo‘shimcha qurbonlar bo‘lishini istisno etib bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi.

    Agentlikning taʼkidlashicha, o‘tgan chorshanba kuni Rio Grande-du-Sul shtati Sog‘liqni saqlash vazirligi 33 yoshli erkakning leptospiroz tufayli vafot etganini tasdiqlagan.

    Avvalroq, rasmiylar 67 yoshli mahalliy fuqaro xuddi shu sababdan vafot etganini maʼlum qilgandi. Umuman olganda, may oyi boshidan beri shtatda suv orqali yuqadigan virus bilan kasallanishning 29 ta holati qayd etilgan.

    Mutaxassislar avvalroq 161 kishining hayotiga zomin bo‘lgan suv toshqinlari fonida leptospiroz va gepatit B kabi kasalliklarga chalinganlar soni ham ko‘payishini bashorat qilgan edi.