Braziliyada suv toshqini qurbonlarining soni 46 kishiga yetdi, 49 kishi bedarak yo'qolgan.
Dam olish kunlari San-Paulo shahrida yog'ingarchilikda ba'zi joylarda 600 millimetrga yetdi, mintaqada hozirda o'rtacha yog'ingarchilik kuzatilmoqda. Qutqaruv harakatlari asosan San-Sebastyan shahrining janubiy sohiliga qaratilgan, chunki tabiiy ofat eng ko'p mazkur hududga ta'sir qildi.
San-Paulo ma'muriyati vakillarining so'zlariga ko'ra, suv toshqini va ko'chkilar tufayli viloyatdagi 766 kishi uyidan ayrildi, tabiiy ofatdan zarar ko'rgan hududlardan 1730 kishi xavfsiz joyga ko'chirildi, deb xabar beradi ria.ru.