Shtat hukumati ma'lumotlariga ko'ra, tabiiy ofat tufayli Portu-Alegridagi Kashueyrinya aholi punktida bir kishi hayotdan ko'z yumdi. Shtat fuqarolik mudofaasi 4840 kishi jabrlanganini, 48 nafar aholi o'z uylarini tashlab chiqib ketganini ma'lum qildi.

Hozirgacha Riu-Grandi-du-Suldagi 39 ta aholi punkti vayronalar yoki hodisalar haqida xabar bergan. Qutqaruvchilar mazkur hududda yana yomg'ir yog'ishi va bo'ron yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar beradi ria.ru.