Britaniya Kengashi Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish dasturlarini kengaytiradi

    Ta'lim 27 Avgust 2024 487

    Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Kengashi bosh direktorining global hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari Charli Uolker bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuv davomida Britaniya Kengashining Oʻzbekiston bilan oʻrta va oliy taʼlim sohalarida hamda sanʼat va madaniyat yoʻnalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

    “Biz 2-4-oktyabr kunlari Oʻzbekistonda kreativ iqtisodiyotga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazilishini olqishlaymiz. Shuningdek, Britaniya kengashi tomonidan ushbu tadbirni yuqori darajada tashkil etilishida amaliy koʻmak koʻrsatilishi maʼlum qilamiz”, — dedi u.

    Uchrashuv yakunida Britaniya Kengashining Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish dasturlarini kengaytirish va xorijiy tomonning shu yil 15-17-oktyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo taʼlim forumida ishtirok etishi boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.