Britaniyalik genetiklar COVID-19ning shu paytgacha ma'lum bo'lgan turiga ko'ra tezroq tarqaladigan yangi infeksiyani kashf etdilar. Ta'kidlanishicha, allaqachon Angliyaning janubidagi turli hududlarda yangi turdagi virusni yuqtirgan ming nafarga yaqin odam ro'yxatga olingan.
Gazetaning xabar berishicha, shanba kuni yana bir favqulodda yig'ilish bo'lib o'tdi. Shundan so'ng Bosh vazir Boris Jonson va Angliyaning bosh sanitariya xodimi Kris Uitti matbuot anjumani o'tkazishi ko'zda tutilmoqda.

Nashr suhbatdoshining so'zlariga ko'ra, yo uchinchi karantin e'lon qilinadi yoki amaldagi cheklovlarning sezilarli darajada kuchayishi kutilmoqda.
So'nggi bir hafta ichida mamlakatda aniqlangan yuqumli kasalliklar soni 41 foizga oshgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Buyuk Britaniyada jami ikki milliondan ortiq odam kasallik yuqtirgan.