Britaniyalik ishlab chiquvchilar kelajak samolyotlari kabinasining konseptual dizaynini namoyish etishdi, deb xabar beradi The Sun.
Uning yaratilishida asosiy eʼtibor sayohatchilarni infeksiya tarqalishidan himoya qilishga qaratildi. Innovatsion uslub gigiyena va parvoz sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Oʻrindiqlarni ishlab chiqishda koronavirus mikroblarini oʻldirish uchun ultrabinafsha materiallari bilan tozalash usullaridan foydalaniladi.
Nomlar ham oʻzgaradi: ekonom-klass Pure Skies Zones (sof osmon hududlari), biznes-klass esa Pure Skies Rooms (sof osmon xonalari) deb nomlanadi. Kelajak samolyotida ekonom-klassdagi baʼzi joylar yoʻlovchilar oʻrtasida aloqani qisqartirish uchun shaxmat tartibida joylashtiriladi. Endi koʻngilochar televideniye boʻlmaydi, uning oʻrniga smartfonni oʻrindiqqa oʻrnatilgan quvvat manbayiga ulash va shaxsiy kontentingizni koʻrish imkoniyati beriladi.
Shuningdek, oʻrindiqning orqa tomoniga simsiz quvvatlagich oʻrnatiladi. Bukletlar turadigan joyda choʻntaklar boʻlmaydi, chunki ular koʻp miqdorda zararli bakteriyalarni toʻplaydi. Buning oʻrniga almashtiriladigan xaltachalar boʻladi. Pure Skies Rooms (sof osmon) xonalarida shaxsiy shkaflar, pardalar va katta ekranli televizorlar joylashadi.
Loyihani uch yilda amalga oshirish rejalashtirilgan.