London Universitet kolleji olimlari dementsiya (bu aqliy faoliyatning barcha jabhalariga ta'sir qiluvchi, bilim funktsiyasining surunkali, umumiy, odatda qaytarib bo'lmaydigan pasayishi)ning asosiy sabablari va ushbu kasallikning oldini olish usullarini aniqlashdi, deb xabar beradi RIA Novosti Lancet jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib.
2017 yilda mutaxassislar dementsiya rivojlanishiga turtki beradigan to'qqiz asosiy omilni aniqladi, ular orasida yuqori qon bosimi, eshitish qobiliyatining buzilishi, tushkunlik, diabet, semizlik, jismoniy faollik, chekish, shuningdek, ma'lumot darajasi pastligi va muloqotning yo'qligi.
YAngi tadqiqot ushbu ro'yxatga yana uchta sababni qo'shib qo'ydi. Spirtli ichimliklarni suiste'mol qilish, miya travmatik shikastlanishi va ifloslangan havo dementsiya rivojlanishiga yordam berishi aniqlandi.
SHuningdek, mutaxassislar, rioya qilinsa kasallik xavfini 40 foizga kamaytirishi mumkin bo'lgan tavsiyalarni berishdi. SHunday qilib, olimlar qon bosimini 130 mm simob ustuni darajasida ushlab turish, bosh jarohatlaridan qochishni va agar kerak bo'lsa eshitish vositalarini ishlatishdan qo'rqmaslikni maslahat berishadi. SHuningdek, ular semirishga qarshi kurashish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilishni kamaytirish, chekishning har qanday turidan voz kechish, tez-tez yurish va yashash uchun ekologik toza joylarni tanlashni tavsiya qiladi.
Tadqiqotchilar koronavirus pandemiyasi dementsiya bilan kasallangan odamlar uchun qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishini ta'kidladi. O'z-o'zini izolyatsiya qilish sharoitida muloqot etishmasligi ularning holatini yomonlashishiga turtki beradi. Bundan tashqari, ko'plab bemorlar ushbu qoidaning ahamiyatini tushuna olmasliklari sababli ijtimoiy masofani ushlamasliklari mumkin.
Britaniyalik olimlar dementsiya sababini aniqladi
Koronavirus pandemiyasi dementsiya bilan kasallangan odamlar uchun qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi
Urganç davlat universitetida 400 örinli yangi sport majmuasi va futbol maydonining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi
- Isitiş mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli böyiça baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oşiriladi — 500 kub metr
- Samarqand “Samarkand Marathon Series 2026” marafoniga mezbonlik qiladi
- Rossiyaning Uzoq Şarq mintaqasida oğir vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi
- Gruziyaga borişni rejalaştirayotgan özbekistonliklar nimalarga eʼtibor berişi kerak?
- Markaziy bank masofaviy moliyaviy xizmatlarda firibgarlikka qarşi talablarni kuçaytirmoqda