London Universitet kolleji olimlari dementsiya (bu aqliy faoliyatning barcha jabhalariga ta'sir qiluvchi, bilim funktsiyasining surunkali, umumiy, odatda qaytarib bo'lmaydigan pasayishi)ning asosiy sabablari va ushbu kasallikning oldini olish usullarini aniqlashdi, deb xabar beradi RIA Novosti Lancet jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib.
2017 yilda mutaxassislar dementsiya rivojlanishiga turtki beradigan to'qqiz asosiy omilni aniqladi, ular orasida yuqori qon bosimi, eshitish qobiliyatining buzilishi, tushkunlik, diabet, semizlik, jismoniy faollik, chekish, shuningdek, ma'lumot darajasi pastligi va muloqotning yo'qligi.
YAngi tadqiqot ushbu ro'yxatga yana uchta sababni qo'shib qo'ydi. Spirtli ichimliklarni suiste'mol qilish, miya travmatik shikastlanishi va ifloslangan havo dementsiya rivojlanishiga yordam berishi aniqlandi.
SHuningdek, mutaxassislar, rioya qilinsa kasallik xavfini 40 foizga kamaytirishi mumkin bo'lgan tavsiyalarni berishdi. SHunday qilib, olimlar qon bosimini 130 mm simob ustuni darajasida ushlab turish, bosh jarohatlaridan qochishni va agar kerak bo'lsa eshitish vositalarini ishlatishdan qo'rqmaslikni maslahat berishadi. SHuningdek, ular semirishga qarshi kurashish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilishni kamaytirish, chekishning har qanday turidan voz kechish, tez-tez yurish va yashash uchun ekologik toza joylarni tanlashni tavsiya qiladi.
Tadqiqotchilar koronavirus pandemiyasi dementsiya bilan kasallangan odamlar uchun qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishini ta'kidladi. O'z-o'zini izolyatsiya qilish sharoitida muloqot etishmasligi ularning holatini yomonlashishiga turtki beradi. Bundan tashqari, ko'plab bemorlar ushbu qoidaning ahamiyatini tushuna olmasliklari sababli ijtimoiy masofani ushlamasliklari mumkin.
Britaniyalik olimlar dementsiya sababini aniqladi
Koronavirus pandemiyasi dementsiya bilan kasallangan odamlar uchun qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi
Rossiyadan tashlab ketilgan chaqaloq onasi bilan birga Oʻzbekistonga olib kelindi
- Zelenskiy: Yangi yilga qadar ko'p narsa hal bo'lishi mumkin
- Trampning maxsus vakili Grenlandiya bo'yicha rejalar haqida gapirdi
- Qashqadaryoning yuksalayotgan sayyohlik salohiyati
- Prezident Shavkat Mirziyoyev: “2026-yil barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi”
- Transport sohasi — iqtisodiy rivojlanish drayveri
Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
- Toshkent irrigatsiya universitetining “Suv diplomatiyasi” magistratura yoʻnalishiga xalqaro maqom beriladi
- O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
- Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
- Podmoskovyedagi maktabda o'smirning odamlarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida bir bola hayotdan ko'z yumdi
- 2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida