Toshkent shahri
Havo bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan yomgʼir yogʼadi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʼarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-7° iliq boʼladi, kechga tomon 0-2° iliqgacha pasayadi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʼladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari
Havo oʼzgarib turadi, yomgʼir yogʼadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʼladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo oʼzgarib turadi, yomgʼir yogʼadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda yesadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9° iliq boʼladi.

Qashqadaryo viloyati
Havo oʼzgarib turadi, yomgʼir yogʼadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9° iliq boʼladi.

Surxondaryo viloyati
Havo oʼzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʼladi. 

Аndijon, Namangan, Fargʼona viloyatlari
Havo oʼzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʼladi. 

Respublikaning togʼoldi va togʼli hududlarida
Havo oʼzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʼingarchilik (yomgʼir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʼladi. Qor koʼchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda yesadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʼladi.