Keyingi kunlarda Oʻzbekiston hududi boʻyicha kunduz kunlari havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubning baʼzi joylarida +44...+45 darajagacha boʻlgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida ham issiqning sezilardi darajada pasayishi kutilmaydi. Harorat asosan kunduz kunlari +38...+41 daraja atrofida, janubning baʼzi joylarida +42...+43 darajagacha boʻlishi kutilmoqda. Harorat asosan kechalari +23...+28 daraja boʻladi.
Ushbu kunlarda Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi. Harorat asosan kechalari +23...+26 daraja, kunduz kunlari +21...+23-iyulda +40...+42 daraja, 24-25-iyulda +38...+40 daraja boʻladi.









