"Chindan ham, sizlar gʻoyat keskin bellashuvlarda yuksak jasorat va matonat koʻrsatib, 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritganingiz mamlakatimizning taraqqiyot borasidagi yuksak salohiyatini ifoda etadigan yorqin natijadir.
Bu tarixiy gʻalaba Yangi Oʻzbekiston yoshlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir marta amalda namoyish etdi", — dedi davlatimiz rahbari.
Mamlakatimiz ishtirokchi davlatlar orasida umumjamoa hisobida 13-oʻrinni, Osiyo qitʼasida 4-oʻrinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.
Bu natijalar Oʻzbekiston tarixida ilgari hech qachon boʻlmagan yutuq ekani qayd etildi.