Yil boshida suv omborlarida zaxira yetarli darajada hozirlangani, kanallar­ni betonlashtirish va suv tejovchi texno­logiyalar oʻrnatish qamrovini kengayti­rish, raqamlashtirish va boshqa islohotlar evaziga sugʻorish mavsumida muayyan nati­jalarga erishildi.

Bugungi holatga koʻra, transchegaraviy suv omborlari bilan qoʻshib hisoblaganda mamlakatimiz suv zaxirasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 milliard kub metr kamaygan. Ichki suv omborlarimizda esa 3 milliard kub metr suv taqchilligi mavjud.

Ushbu murakkab vaziyatni inobat­ga olgan holda soʻnggi yillarda suv xoʻjaligi tizimini tubdan isloh qi­lish, suv zaxiralaridan tejamkorlik bilan foydalanishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar qilinmoqda. Xusu­san, sohani modernizatsiya qilish uchun oxirgi 5 yilda byudjetdan ajratilgan 60 trillion soʻm hamda 622 million dollarlik xorijiy investitsiya irri­gatsiya tizimiga yoʻnaltirildi.

Prezidentimiz mamlakatimizda Suvni tejash boʻyicha butunjahon fo­rumini oʻtkazish, 2026-2036-yillar­ni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish boʻyicha amaliy harakatlar oʻn yilligi” deb eʼlon qilish tashab­buslarini ilgari surdi.

Ushbu tashabbuslar nafaqat mam­lakatimiz aholisi, balki butun mintaqa xalqlari farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan cho­ra-tadbirlarni belgilab bermoqda. Bu, oʻz navbatida, Prezidentimizning soha vakillariga yaratib bergan im­koniyati, qoʻshnilarning davlatimiz rahbariga hurmati va doʻstona muno­sabatlarining samarasi, desak ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-avgustdagi tegishli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida suv re­surslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025- 2028-yillarga moʻljallangan dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur Oʻzbekis­ton Respublikasi suv xoʻjaligini ri­vojlantirishning 2020-2030-yillar­ga moʻljallangan konsepsiyasi hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar, maqsad­li koʻrsatkichlar hamda parametrlarga erishishga qaratilgan.

2025-yilda irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishla­riga 1 trillion 356 milliard soʻm aj­ratildi. Shuningdek, melioratsiya obʼ­yektlarida 95,3 milliard soʻm evaziga 295,5 kilometrlik kollektor-drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilindi. Vazirlik tizimidagi nasos stansiya­larida oʻrnatilgan 157 ta nasos hamda 166 ta elektr dvigatel yangisiga al­mashtirildi.

Nasos stansiyalari 2018-yilda 8,3 milliard kilovat-soat elektr energiya­si sarflagan boʻlsa, 2025-yil yakuni boʻ­yicha bu koʻrsatkich 6,4 milliard kilo­vatt-soatni tashkil etishi kutilmoqda. Shu tariqa elektr energiyasi isteʼmo­lini yetti yilda 1,9 milliard kilo­vatt-soat kamaytirishga erishildi.

Suv xoʻjaligi sohasida samarador­likka erishishning birdan-bir yoʻli — raqamlashtirish. Bu orqali shaf­foflik va aniqlik taʼminlanadi, korrupsiyaning oldi olinadi. Shu bois, oxirgi toʻrt yilda 13 ming 254 ta suv olish nuqtasida “aqlli suv”, 10 ming 983 ta meliorativ kuzatuv qudugʻida si­zot suv koʻrsatkichi va yerning mineral­lashganlik darajasini nazorat qiluv­chi “DIVER” qurilmasi, 1749 ta nasos stansiyasida suv sarfini monitoring qilish qurilmasi oʻrnatildi. Yirik 100 ta suv xoʻjaligi obyektining bosh­qaruvi avtomatlashtirildi.

Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida “Vaziyatlar markazi” tashkil etildi. Sohadagi 10 ta axborot tizimi tako­millashtirilib, maʼlumotlarni yi­gʻish, umumlashtirish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Raqamli suv xoʻja­ligi” yagona platformasi ishga tushi­rildi.

Shuningdek, 2,6 million gektar maydon suv tejovchi texnologiyalar bilan qamrab olindi va sugʻorila­digan maydonlarga nisbatan ulushi 60 foizga yetkazildi. Jumladan, 664 ming gektarda tomchilatib, 121 ming gektarda yomgʻirlatib, 73 ming gektarda diskret va 123 ming gektarda boshqa turdagi sugʻorish texnologiyalari jo­riy qilindi hamda 1,6 million gek­tar yer lazer uskunasi yordamida tekis­landi. Natijada aynan suv tejovchi texnologiyalar hisobiga 2025-yilda 2,3 milliard kub metr suv iqtisod qi­lindi.

Tahlillarga asosan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali suv resurslarini 45-50, yoqilgʻi-moy­lash materiallari va mineral oʻgʻitlar­ni 25-35 foiz qisqartirish mumkin. Shu bilan birga, hosildorlik 15-20 foizgacha oshadi.

Kanallar betonlashtirilishi tu­fayli suv yoʻqotilishining oldi oli­nyapti. Pirovardida ekin maydonlari va tomorqalarga kafolatli suv yetkazib berishga erishilmoqda. Hisob-kitob­larga koʻra, faqat kanal va ariqlar be­tonlashtirilishi evaziga yiliga oʻrta­cha 1 milliard kub metrdan koʻproq suv yoʻqotilishining oldi olinmoqda.

Umuman olganda, 2025-yilda 10 mil­liard kub metrga yaqin suv resurslari iqtisod qilindi. Suv obyektlarida suvni boshqarish va qoʻshim­cha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish orqali 3,4 milliard, suv tejaydigan sugʻorish tex­nologiyalarini joriy qilish hisobiga 2,9 milliard, irri­gatsiya tarmoqlarida taʼmir­lash-tiklash va rekonstruksiya tadbirlari hisobiga 3 milliard kub metrga yaqin, suv xoʻjali­gida axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy qilish hisobiga 0,7 milliard kub metr suv resurslari iqtisod qili­nishiga erishildi.

Shu bilan birga, “Kambagʻallik­dan farovonlik sari” dasturi doira­sida suv taʼminoti ogʻir mahallalar­dagi aholi tomorqalarini suv bilan taʼminlash loyihalari uchun byudjet­dan 1,2 trillion soʻm yoʻnaltirildi.

Ushbu dasturga koʻra, 886 ta loyi­ha doirasida 1850,9 kilometr kanal, 202,1 kilometr lotok tarmogʻi, 844 ta sugʻorish qudugʻi, 438 ta nasos agrega­ti, 2,9 kilometr kollektor tarmogʻi, 2 ta meliorativ tik quduq, 14 ta gidro­texnik inshoot hamda 385,2 kilometr bosimli quvurlarni qurish va rekonst­ruksiya qilish ishlari bajarildi. Na­tijada 494,3 ming xonadonning 88 ming gektar tomorqasida suv taʼmino­ti yaxshilandi.

2025-yil 30-iyulda Suv kodeksi qa­bul qilingani soha rivojida muhim voqea boʻldi. Unga muvofiq mamla­katimizda suv munosabatlari soha­sidagi asosiy huquqiy hujjatlar tizimlashtirildi. Suv kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan joriy yil 17-noyabrda Toshkent shahrida xalqaro suv hamkorligi va Oʻzbekiston Respub­likasining suv qonunchiligini tako­millashtirishga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiyada Suv kodeksi taqdi­moti oʻtkazildi hamda suv taʼminotini yaxshilash, suv tejash texnologiyalari­ni joriy etish va ayniqsa, Orolboʻyi hududida aholi muhofazasiga qaratil­gan dasturlarni rivojlantirish boʻyi­cha qoʻshma tashabbuslar muhokamasiga eʼtibor qaratildi.

Yaqinda Prezidentimiz Qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari kuni mu­nosabati bilan soha vakillari ishti­rokida muloqot oʻtkazdi. Muloqot cho­gʻida dehqon, fermer, bogʻbon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarning mehnati eʼtirof etildi.

Kelgusi yili mamlakatimizda pax­tadan 4,5 million tonna, gʻalladan 10 million tonna hosil olish moʻljal­lanmoqda. Bunga, albatta, suvchilar ham munosib hissa qoʻshadi. 2026-yilda ham suvchilar bir yoqadan bosh chiqarib, suv­ni belgilangan limit asosida yetkazib berish, obihayotni imkon qadar tejash, dehqon va mirishkorlarga qanot boʻlib, ulkan xirmonlar koʻtarilishiga hissa qoʻshish uchun bor kuch-gʻayratini safar­bar etadi.

Shavkat HAMROYEV,

suv xoʻjaligi vaziri