Bu yil bahorda Toshkentda issiq suvni 5 kunlik oʻchirishlar rejalashtirmayapti

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroq boshlanadi. Bunda, suvning oʻchirilishi butun shaharda bir vaqtni oʻzida emas, balki kvartallar boʻyicha amalga oshiriladi.

    Bunday yondashuv oʻtkaziladigan sinovlar sifatini oshiradi. Mutaxassislarning eʼtibori issiqlik tarmogʻining kichik bir qismiga qaratiladi, yaʼni tekshirish batafsilroq boʻlib, koʻproq nuqsonlarni aniqlaydi, deyiladi xabarda