Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup koʻchat ekish belgilangan

    Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sugʻorish va koʻchatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

    Masalan, bogʻ uchun Qoraqalpogʻistonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qashqadaryoda 26 gektar ajratilib, ishlar boshlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari haligacha qaror qabul qilmagan.

    Ayniqsa, Taxiatosh, Mirzachoʻl, Zafarobod, Sharof Rashidov, Baxmal, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Yangiyoʻl tumanlari, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyoʻl shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida koʻchat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.