Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Vazir Samarqandda Iordaniya Podshohining davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan ikki tomonlama uchrashuvlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini gapirib berdi.
«Hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari tufayli oxirgi yillarda Oʻzbekiston IT-xabga aylanib bormoqda, raqamli transformatsiya jarayoni kechmoqda. 2017-yilda xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar atigi 4 ta boʻlgan boʻlsa, hozir har oyda 30 tadan ortiq xorijiy kompaniya IT Park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtmoqda. Joriy yilda ikki iordaniyalik kompaniya ham rezidentlikka kirdi. Bu yangilikdan soʻng, Iordaniya rahbariyati ham kelgusida hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi», – dedi Sherzod Shermatov.








