Bu haqda “Oʻzagroinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, rusumlar kesimida 215 dona CASE, 286 dona John Deere, 230 dona MX-1.8, 449 dona TZST SE220, 473 dona Boshiran va 37 dona boshqa rusumli paxta terish mashinalaritashkil etadi.
Paxta terish mashinalarining 1 423 donasi yoki 84 foizi yuqori unumli texnikalar hisoblanadi. Ayniqsa paxta maydoni mashina terimi uchun agrotexnik talablar darajasida toʻgʻri tayyorlangan boʻlsa, ushbu yangi avlod paxta terish mashinasining har birini ish unumdorligi kuniga 50 tonnagacha boʻlib, 800-1000 nafar terimchi oʻrnini bosa oladi.
Bu yil ilk bora imtiyozli lizing shartlari asosida 600 dan ortiq yuqori unumli paxta terish mashinalarini joylardagi fermer xoʻjaliklari va klasterlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Mavsumda qatnashadigan mashinalarning asosiy qismi quyidagi hududlarga toʻgʻri kelmoqda. Jumladan, 2024-yilda paxta hosili Jizzaxda 406 dona, Qashqadaryoda 281 dona, Sirdaryoda 201 dona, Toshkentda 184 dona va Namanganda 108 dona yuqori unumli paxta terish mashinalari orqali terib olinadi.
Paxta hosilini sotib olish va sotishning yangi tizimi shaffof, toʻlaqonli va adolatli ishlashini taʼminlash, paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish boʻyicha Respublika shtabining taklifiga koʻra, qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan paxta-toʻqimachilik klasterlari va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarga fyuchers shartnomalari boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini yigʻib olish uchun kreditlar ajratiladi.