Test sinovlarini anʼanaviy shaklda katta sigʻimli binolarda oʻtkazish

Pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020-yildagi kabi ochiq maydonlarda oʻtkazish.

Buning uchun test sinovi oʻtkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari tayyorlandi. 50 460 nafar abituriyent uchun moʻljallangan 103 ta katta sigʻimli yopiq bino, 60 570 nafar abituriyentga moʻljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.

Mirzayev, shuningdek, abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berish va ularni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan masʼul vazirlik va idoralar bilan imtiyozlar reyestri shakllantirilayotganini qoʻshimcha qildi.

Buning uchun Davlat test markazi tomonidan maxsus platforma ishlab chiqilgan va tegishli vazirlik va idoralarga imtiyozlarni kiritish uchun kerakli maʼlumotlar taqdim etilgan.

«2021/2022 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda.

2021-yilda abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Hozirda my.dtm.uz sayti takomillashtirilib, abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish uchun tayyorlanmoqda.