баннер
18 Fev 2025
12:18

    Budapesht shahrida “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkaziladi

    Joriy yil 30-yanvar – 1-fevral kunlari Vengriya poytaxtida ilk marotaba «Oʻzbek kinosi kunlari« boʻlib oʻtadi.

    Madaniy tadbir mamlakatimiz elchixonasi koʻmagida, Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Vengriya Milliy kino instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

    Anjuman doirasida oʻzbek kinosi muxlislari mehrini qozongan «Ilhaq«, «Faridaning ikki ming qoʻshigʻi« va yaqinda premyerasi boʻlib oʻtgan «Uy« va «Pandemiya« badiiy filmlari namoyish etiladi.

    Tadbirda Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligidagi yurtimiz kinoijodkorlari delegatsiyasi ishtirok etadi.

    Budapeshtlik tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilinishi kutilayotgan oʻzbek filmlari Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida bilan suratga olingan. Ushbu filmlar shu kunga qadar Turkiya, Xitoy, Belarus, Rossiya va boshqa mamlakat kinoteatrlarida namoyish etilgan. Bundan tashqari, xalqaro kinofestivallarda ishtirok etgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech