Festival 18-22-aprel kunlari Respublikamiz boʻylab Badiiy akademiya hamda qator vazirlik va idoralar, tashkilotlar, ijodiy uyushmalar hamkorligida oʻtkazilmoqda.
Sanʼat ixlosmandlari besh kun davomida yurtimiz hamda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sanʼat ustalarining benazir sanʼat namunalaridan bahra olib, ijodiy muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniga ega boʻladilar.