Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionlar ligasi chorak final oʻyinlarining dastlabki ikkitasi boʻlib oʻtadi. Unda Fransiyaning PSJ va Ispaniyaning “Real”, Portugaliyaning “Sporting” hamda Angliyaning “Manchester Siti” jamolari uchrashadi.

Mutaxassislar birinchi oʻyinda kim gʻolib chiqishi mumkinligini oldindan aytib bera olmayotgan boʻlsa-da, ikkinchi bahsda angliyaliklar gʻolib chiqsa kerak degan fikrdi. Chunki, “Manchester Siti” ayni damda jahondagi eng nifuzli chempionat Angliya birinchiligida peshqadamlik qilmoqda. Bundan tashqari, klubda dunyoning kuchli futbolchilari yigʻilgan.

Xullas, mutaxassis va muxlislar tomonidan turli fikrlar bildirilaveradi. Lekin soʻnggi soʻzni futbolchilar aytadi. Shunday ekan, oldindan bashorat qilmasdan chorak final oʻyinlarini kuzatamiz.