Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʻzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq boʻladi.

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq boʻladi.