Bu yiligi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining oʻziga xos tomoni shundaki, ikki Angliya klubi ikki Ispaniya jamoasiga qarshi kurashmoqda. Kecha birinchi bahsda Angliyaning “Manchester Siti”si Ispaniyaning “Real”ini magʻlub etganidan xabardorsiz. Bugun esa “Liverpul” “Vilyarreal”ni qabul qiladi.

Mutaxassislar bu bahsda  angliyaliklarning gʻolib chiqishini bashorat qilayotgan boʻlsalarda, match qizgʻin kurashlar bilan oʻtishi aniq. Chunki “Vilyarreal” ham anoyi klub emas. Ispanlar yarim finalgacha boʻlgan oʻyinlarda Yevropa grandlari – Turinning “Yuventus” va Myunxenning “Bavariya” jamoalarini turnirdan chiqarib yuborishdi. Xullas, bugungi bahs ham keskin kurashlar ostida oʻtishi aniq.