Bugun Eron, Xitoy va Qirgʻiziston yetakchilari Samarqandga yetib keladi

    Mamlakatimizda 14 Sentabr 2022 1001

    Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov SHHT sammitiga tashrif buyurayotgan mehmonlar boʻyicha maʼlumot berdi.

    Sammitning birinchi oliy martabali mehmoni – Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Samarqandga yetib keldi.

    Shuningdek, ayni daqiqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Rozmari Di Karloning tashrifi kutilmoqda.

    Bugun Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy tashrifi boshlanadi. U Samarqandga tushdan soʻng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadыr Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi.

    Qolgan barcha mehmonlar tashrifi esa ertaga, 15-sentyabr kuni kutilmoqda.