Shunga koʻra, bugun Oʻzbekistondagi referendum uchastkalari soat 9:00 dan eʼtiboran muddatidan oldin ovoz berish uchun kelgan fuqarolarni qabul qila boshladi.
Referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Kimlar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin?
Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Eslatib oʻtamiz, muddatidan oldin ovoz berish 26-aprel kuni yakunlanadi.