Ushbu kun bellashuvlarida - 81 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Muso Sobirov yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hamyurtimiz dastlabki bosqichda ispaniyalik Xose Mendiolaga qarshi bahs olib boradi. Agar ushbu raqib toʻsigʻidan oʻtsa, uni ikkinchi davrada vengriyalik Attila Ungvari kutib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, kecha - 73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Murodjon Yoʻldoshev bronza medali uchun bahsda kanadalik Artur Margelidondan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Eʼtiborli jihati, bu terma jamoamiz uchun musobaqadagi uchinchi medal hisoblanadi. Dzyudochilarimiz shu paytgacha hali bir jahon chempionatida 3 ta medalga sazovor boʻlishmagan edi.

Doxa tatamilarida ushbu tarixiy natija musobaqaning dastlabki uch kunida amalga oshgani esa joriy rekordni yanada yaxshilash uchun imkon koʻpligini anglatadi.