Mamlakatimizning boshqa hududlari singari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Prezident saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Bugun, ya'ni 9-iyul kuni ertalab soat 8:00 da 1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi. Shu tariqa bugungi siyosiy tadbir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boshlandi.

1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyalari a'zolariga okrug hududidagi barcha saylov uchastkalarida saylov boshlanganligi haqidagi xabarlar kela boshladi.

Ma'lumot uchun: 1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugi hududida jami 983 ming 32 nafar saylovchilar ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shundan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ovoz beruvchilar 350 ming 847 nafarni tashkil qiladi.  Ushbu saylov jarayonida birinchi marta ovoz beruvchilar 5 ming 689 nafarni tashkil qilsa, saylov kuni 143 nafar yoshlar 18 yoshga to'lib, ovoz berishda ishtirok qilishi kutilmoqda.