Forum doirasida ikki mamlakat taʼlim tashkilotlari, yetakchi kompaniyalari oʻrtasida fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, muhandislik-texnologiyasi, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar oʻtkaziladi.

Anjuman yalpi majlisida ikki davlat rahbarlarining forum ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittiriladi.

Forumning dastlabki ishi mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish doirasidagi muzokaralarga bagʻishlanib, soʻng shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettiriladi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.