Shubhasiz, koʻpchilikning eʼtibori -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlarga qaratilgan. Unda soʻnggi ikki Olimpiadaning chempion va rekordchilari Ruslan Nurudinov hamda Akbar Joʻrayev oltin medal uchun kurash olib borishadi.
Mazkur vaznda armanistonlik Simon Martirasyan va boshqa kuchli polvonlar hamyurtlarimiz bilan raqobat olib borishadi. Biroq mutaxassislarning fikricha, asosiy kurash ikkala hamyurtimiz oʻrtasida kechadi.
"Ushbu dastur soat 16:00 da boshlanadi. Barcha muxlislarni “Yunusobod sport majmuasi”da oʻtkaziladigan bahsda sportchilarimizni qoʻllab-quvvatlashga chorlab qolamiz", deyiladi MOQ axborot xizmati xabarida.