Unda yurtimiz sportchilaridan tashqari Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan 50 ga yaqin kuchli para triatlonchilar gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Ushbu qitʼa birinchiligida yurtimiz sharafini 6 nafar para triatlonchimiz himoya qiladi.
Terma jamoamiz tarkibi: Ilhomjon Eshonqulov, Rustamjon Sotiboldiyev, Mashhurbek Abdusamatov, Saidakbar Gʻoziyev, Mirjalol Qurbonov, Abdulaziz Eshboyev.
Musobaqa dasturiga koʻra, sportchilar quyidagi bellashuvlarda qatnashadi:
Suzish - 750 metr,
Velosipedda - 20 km,
Yugurish - 5 km ,
Sportchilar dastlab suzish, keyin velosiped, soʻnggi boʻlib yugurish poygalarida oʻzaro bahs olib boradi.